
O‘quv dastur O`zbekiston respublikasi prezidenti 2021 yil 28 iyuldagi “Sog`liqni saqlash sohasida ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishtizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`grisida”gi PQ-5199-saon qarori ijrosini taminlash, xalqaro standartlar asosida klinik bayonnomalar, tashhislash va kasalliklarni davolash standartlarini amaliyotga tadbiq etish hamda aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy hizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida SSV 2021 yil 30 noyabrdagi №273 buyrug`iga asosan tuzilgan. O‘quv dastur urologik kasalliklarni tashxislash va davolash standartlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kundalik amaliyotda qo‘llashga, hamda shifokorning yangi tashxislash va davolash standartlarini mukammal o‘zlashtirishlari, xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan. Sog‘liqni saqlash xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, yangi ma’lumotlarga muvofiq va tibbiyot amaliyotining joriy ehtiyojlariga mos holda, tibbiyot fani va amaliyotidagi joriy vaziyatning o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
O‘quv dasturi mazmuni real ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maqsadli va muammoga yo‘naltirilgan yondashuv asosida shakllantiriladi. O‘quv materiallari va jarayonlari esa urologiya mutaxassisligi bo‘yicha shifokorlarning aniq kasbiy ehtiyojlariga qaratiladi. O‘qitishning asosiy tamoyillarini amalga oshirish o‘quv jarayonini loyihalashning asosiy didaktik (metodik) tamoyillariga rioya qilish va fan, izchillik va tizimli ta’lim tamoyillariga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali ta’minlanadi.
- Teacher: Admin User
